Yuliya Risyukova Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi
Uning o‘rniga Shaxzodbek Kurbaniyazov Ta’limni rivojlantirish markazi direktori etib tayinlandi.
© Foto: Gazeta.uzBugun, 17-fevral kuni Yuliya Risyukova Vasilevna Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi. Bu bo‘yicha Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi qabul qilindi.
Risyukova shu munosabat bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi. U 2025 yil 6-noyabrdan buyon mazkur lavozimda faoliyat yuritayotgandi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyevaning boshqa bir farmoyishi bilan Shaxzodbek Kurbaniyazov Karimovich Ta’limni rivojlantirish markazi direktori bo‘ldi. U faoliyati davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Transformatsiya ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16-fevral kuni Hilola Umarova Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. U bugun maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.





