add

Yunusoboddagi «Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

11.08.2025 | 09:4019992 daqiqa

Toshkent tumanida joylashgan «Uch qahramon» bozorida 11 avgust tonggi soat 02:20 larda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida jabrlanish holatlari qayd etilmagan.

Yunusoboddagi «Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumoticha, soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari esa 7 daqiqa ichida voqea joyiga yetib kelgan. Guvohlar aytishicha, alanga qisqa fursatda yoyilib, bozorning bir qismini qamrab olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda ayrim savdogarlar bozor ichiga kirishga harakat qilgani, huquq-tartibot xodimlari esa ularni to‘xtatgani ko‘ringan. Yong‘in 03:24 da qurshab olingan va 04:46 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inni o‘chirish uchun jami 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Hozirgi vaqtga qadar tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid