«Zaharlangan ovqat bolaning kosasigacha qanday yetib boryapti?» — Matbuot anjumanida vazirlikdan hisob so‘raldi

Kecha, 22-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Vaqt.uz nashri muxbiri ham ishtirok etib, mas’ullarga tizimdagi qator og‘riqli masalalar bilan murojaat qildi.

Xususan, jurnalist Ilyos Safarov tomonidan so‘nggi vaqtlarda bog‘chalarda bolalarning ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari tizimli tus olayotgani, raqamlarning dahshatli darajada o‘sib borayotgani hamda nazorat mexanizmlarining ishlamayotgani keskin tanqid ostiga olindi. Shuningdek, vazirlikning ta’lim sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasi va real choralari bor-yo‘qligi bo‘yicha savol bilan murojaat qilindi.

Savollarga esa Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova va vazir o‘rinbosari Temur Komilov munosabat bildirib, mavjud muammolar, autsorsing tizimidagi kamchiliklar hamda kutilayotgan yangi tartiblar haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Quyida ushbu keskin bahs va savol-javob jarayoni muhrlangan videoni to‘liq holda tomosha qilishingiz mumkin:

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 70

Barchasi

Mavzuga oid