add

Zelenskiy bilan uchrashuv oldidan Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qildi

Kecha 23:392 daqiqa

Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi 75 daqiqalik telefon suhbatida Ukraina urushi, Donbass masalasi va yangi ishchi guruhlar tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Zelenskiy bilan uchrashuv oldidan Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali 75 daqiqa davom etgan suhbat o‘tkazdi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, muloqot do‘stona, samimiy va ishchan ruhda o‘tgan. Suhbat Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, asosiy e’tibor Ukrainadagi urushni tugatish masalasiga qaratilgan.

Ushakovning ma’lum qilishicha, Putin Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tuzish taklifiga rozilik bildirgan. Mazkur guruhlarning aniq parametrlari yanvar oyi boshida ma’lum qilinadi. Tramp urushni imkoni boricha tezroq yakunlash zarurligini ta’kidlagan va bu masalada Rossiya tomonining baholarini diqqat bilan tinglagan.

Tomonlar vaqtinchalik sulh urushni cho‘zishga olib kelishi mumkin, degan masalada o‘xshash pozitsiyada ekanini bildirgan. Shuningdek, Tramp Putin bilan Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvidan oldin maslahatlashish maqsadida bog‘langani qayd etildi. Suhbat yakunida AQSH prezidenti Zelenskiy bilan uchrashuvdan keyin yana Putin bilan aloqa qilishga kelishib olgan.

Rossiya tomoni Kiyev uchun Donbass bo‘yicha qarorni kechiktirmasdan qabul qilish muhimligini bildirgan. Ushakovga ko‘ra, Tramp Ukrainadagi nizo u uchun eng qiyin tashqi siyosiy masala bo‘lganini tan olgan. Putin esa Kiyevdan harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatish uchun mas’uliyatli qaror talab etilishini ta’kidlagan.

Suhbat chog‘ida Putin Ankorijda erishilgan anglashuvlarga tayanish muhimligini eslatgan. Tramp esa urush tugagan taqdirda AQSH va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik uchun «juda katta imkoniyatlar» ochilishini aytgan. Muloqot so‘ngida ikki rahbar yangi yil munosabati bilan bir-birini tabriklab, Rossiya va AQSH xalqlariga tinchlik va farovonlik tilagan.

Teglar

Mavzuga oid

Zelenskiy bilan uchrashuv oldidan Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qildi | Vaqt.uz