add

Zelenskiy: «Putin uchrashuvdan  qochmoqda, muzokaralardan ma’ni qolmadi»

15.05.2025 | 10:5141883

Volodimir Zelenskiy Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etmaslik qarorini keskin tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qadam Kremlning tinchlikka emas, vaqt yutishga urinishini ko‘rsatmoqda.

Zelenskiy: «Putin uchrashuvdan  qochmoqda, muzokaralardan ma’ni qolmadi»
15 may kuni Istanbulda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida navbatdagi muzokaralar o‘tkazilishi kerak. Biroq Kreml ushbu uchrashuvga na prezident Vladimir Putinni, na tashqi ishlar vazirini yubormoqda. 2022 yilning aprelidagi Istanbul muzokaralarida bo‘lgani kabi Rossiya delegatsiyasiga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi. Bu holat Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi. The Washington Post manbalariga ko‘ra, Zelenskiy dastlab muzokaralarda ishtirok etishdan to‘liq bosh tortish niyatida bo‘lgan — o‘zi ham bormaydi, delegatsiya ham yubormoqchi bo‘lmagan. Ammo AQSH va Yevropa Ittifoqi rahbarlari uni bu fikrdan qaytadi. Xususan, AQSHning maxsus vakili Stiven Uitkoff shaxsan uni ishontirib, Istanbulga tashqi ishlar vaziri va Prezident ofisi rahbaridan iborat delegatsiya yuborish zarurligini ta’kidlagan. Avvalroq turli manbalar Vashington agar muzokaraga Rossiya delegatsiyasi kelmasa, yangi sanksiyalar joriy qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Zelenskiy esa hali ham Putin bilan yuzma-yuz suhbatga erishish niyatida. Bugun u Anqarada Turkiya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Kecha kechqurun Rossiya delegatsiyasi tarkibi e’lon qilinganidan so‘ng AQSH prezidenti Donald Tramp Turkiyaga bormasligini rasman e’lon qildi.    

Teglar

Mavzuga oid