
Zelenskiy Tramp bilan yangi kelishuvni e’lon qildi
05.07.2025 | 08:0018782
4 iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Ushbu suhbat to‘g‘risida u o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi. Suhbat AQSHning Mustaqillik kuni munosabati bilan Zelenskiyning tabrigi bilan boshlangan.

Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, suhbat juda muhim va foydali bo‘lgan. U AQSHga berilayotgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirgan va tinchlik yo‘lida AQSH taklif qilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Suhbat davomida Zelenskiy Rossiya tomonidan Ukraina hududiga qilingan havo hujumlari va frontdagi umumiy vaziyat haqida ma’lumot bergan. Uning ta’kidlashicha, Tramp bu voqealardan yaxshi xabardor bo‘lgan va Zelenskiy bunga minnatdorchilik bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Kiyev va Vashington Ukraina osmonini himoya qilishni kuchaytirish ustida ish olib borish bo‘yicha kelishib olgan.





