add

Zumerlar muvaffaqiyatli karyera uchun ota-onalar maslahatiga muhtoj bo‘lmoqda

14.07.2025 | 10:0023273

Gallup va Jobs for the Future tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, zamonaviy yoshlar — zumerlar maktabni tamomlagandan so‘nggi rejalarini belgilashda eng ko‘p ishonchni ota-onalariga bildirishmoqda. Hatto ustozlar va ijtimoiy tarmoqlar bunday ishonch darajasiga yeta olmayapti.

Zumerlar muvaffaqiyatli karyera uchun ota-onalar maslahatiga muhtoj bo‘lmoqda
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zumerlarning 90 foizi ota-onalaridan maslahat so‘raydi, ustozlarga ishonch 54 foiz atrofida, ijtimoiy tarmoqlar esa atigi 10 foiz ishonchga ega. Bu esa ota-onalar uchun katta imkoniyat bo‘lishi mumkin, deb yozadi TIME jurnali. Biroq ko‘plab kattalar, ayniqsa kam daromadli oilalar, zamonaviy ta’lim va ishga joylashish imkoniyatlaridan yetarlicha xabardor emas. bugungi kunda bakalavr darajasi va an’anaviy karyeradan tashqari yo‘llar — qisqa kurslar, harbiy xizmat, tadbirkorlik, stajirovkalar va kasb-hunar maktablari kabi imkoniyatlar tobora ommalashmoqda. Afsuski, hatto maktab maslahatchilari ham bu xil yo‘llar haqida yetarli bilimga ega emas. Natijada, ba’zi o‘quvchilar qaysi yo‘nalishni tanlash kerakligini bilmay, ikkilanib qolishmoqda. 2023 yilda universitetga kirishni rejalashtirmagan o‘quvchilarning qariyb uchdan biri keyingi qadamlarini aniq bilmasligini aytgan. Tadqiqot shuni ham ko‘rsatdiki, ota-onalari turli karyera imkoniyatlarini muhokama qilgan yoshlar bunday variantlarga ikki barobar ko‘proq qiziqish bildirishadi. Ammo buning uchun ota-onalarning o‘zlari ham yangicha imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi kerak. Mutaxassislar kattalarga farzandlari bilan karyera mavzusida ko‘proq muloqot qilishni, birgalikda ta’lim muassasalariga borishni va stajirovkalarni izlashda yordam berishni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, maktablar, ish beruvchilar va davlat dasturlari ham oilalarni qo‘llab-quvvatlovchi muhim manba bo‘lishi mumkin. Zumerlar tinglashga tayyor. Endi navbat — kattalarniki.

Teglar

Mavzuga oid