Logo

Apple Nvidia'ni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

Бугун 09:002 дақиқа

Sun’iy intellektga tikilayotgan katta mablag‘lar kutilgan natijani bermasligi xavfi bor. Shu bois investorlar SI uchun xarajatlarni tejab kelayotgan Apple kompaniyasini eng ishonchli tanlov sifatida ko‘rmoqda.

Apple Nvidia'ni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

Sun’iy intellektga tikilayotgan katta mablag‘lar kutilgan natijani bermasligi xavfi bor. Shu bois investorlar SI uchun xarajatlarni tejab kelayotgan Apple kompaniyasini eng ishonchli tanlov sifatida ko‘rmoqda.

Apple Inc. kompaniyasi bozor qiymati bo‘yicha Nvidia Corp.'ni ortda qoldirdi va dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomini o‘ziga qaytardi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, investorlar sun’iy intellekt (SI) loyihalariga tikilayotgan milliardlar o‘zini oqlamasligidan xavotirga tushmoqda. Shu sababli ular iPhone ishlab chiqaruvchisini xavfsizroq sarmoya manbai deb hisoblamoqda.

30-oktabr kungi savdolar natijasida Apple aksiyalari 1,2 foizga pasayib, bozor kapitalizatsiyasi 5,03 trillion dollarni tashkil etdi. Ayni paytda Nvidia aksiyalari ham 4,2 foizga arzonlashdi va kompaniyaning umumiy qiymati 4,93 trillion dollarga tushib qoldi. Natijada, 2026 yilning iyul oyidan buyon birinchi marta Apple yana Nvidia'dan o‘zib ketdi.

Ushbu o‘zgarishlar yirik texnologiya gigantlari, jumladan, Intel, Amazon, Alphabet va Meta Platforms kabi kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari investorlarning hafsalasini pir qilgan bir paytda yuz bermoqda. Bu hisobotlar sun’iy intellektga sarflanayotgan mablag‘larning istiqboli borasidagi xavotirlarni yanada kuchaytirdi. Apple esa bunday katta xarajatlardan o‘zini tiyib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi M6 chipi va macOS 27 operatsion tizimi bilan ishlaydigan yangi 14 dyuymli MacBook Pro hamda 24 dyuymli iMac komputerlarini namoyish etgandi. Yangi qurilmalarning AQSHdagi boshlang‘ich narxi 1 499 va 1 999 dollardan boshlanadi.

Теглар

Мавзуга оид