Hayot Bank startaplar uchun venchur jamg‘armasini ishga tushirmoqda

Кеча 22:351 дақиқа

Jamg‘arma yiliga 20–40 ta startapni qo‘llab-quvvatlaydi.

Hayot Bank startaplar uchun venchur jamg‘armasini ishga tushirmoqda © Foto: uznews.uz

O‘zbekistondagi xususiy banklardan biri bo‘lgan Hayot Bank erta bosqichdagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun tizimli Pre-Seed jamg‘armasi — «Hayot Ventures»ni tashkil etmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamg‘arma yiliga 20–40 ta startapni qo‘llab-quvvatlaydi.

«26-mart kuni «Yangi O‘zbekiston» universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi va bu qo‘shma akseleratsiya muhitini yaratish uchun zamin yaratdi. Ushbu strategik ittifoq doirasida bank MVP bosqichidagi loyihalarga sarmoya kiritadigan va yiliga 20–40 ta startapni qo‘llab-quvvatlaydigan jamg‘arma ni rivojlantirib boradi. Barcha jamoalar mahsulot va moliyaviy modelni takomillashtirishdan tortib, o‘sish strategiyasini ishlab chiqish hamda investitsiyalarning keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishgacha bo‘lgan 12 haftalik akseleratsiya dasturidan o‘tadi», - deyiladi xabarda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati startap ekotizimini qonuniy jihatdan tartibga solish va rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator muhim hujjatlarni qabul qildi. Xususan, Prezident farmonlarida venchur fondlari faoliyatini erkinlashtirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa qilib belgilangan.

Biroq, bozorda hanuzgacha «Death Valley» (O‘lim vodiysi) — ya’ni startap g‘oyadan biznesga o‘tish jarayonida mablag‘ yetishmasligi muammosi saqlanib qolmoqda.

Мавзуга оид