Logo

Rossiyaga yana dronlar hujumi: «Wildberries» ombori butunlay yonib ketdi

Tambov viloyatidagi «Wildberries» logistika markaziga zarba berildi. Obyekt to‘liq yonib ketdi, ikki kishi jarohatlandi.

Rossiyaga yana dronlar hujumi: «Wildberries» ombori butunlay yonib ketdi

Rossiyaning Tambov viloyati Kotovsk shahrida joylashgan «Wildberries» logistika markazi dronlar hujumi ortidan chiqqan yong‘in oqibatida to‘liq vayron bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Yevgeniy Pervыshov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, binoga uchta zarbador dron zarba bergan. Hujum oqibatida ikki kishi jarohatlangan. 19 yoshli erkakda miya chayqalishi, 49 yoshli ayolda esa barmoq sinishi aniqlangan.

Hujum tafsilotlari

Pervыshovning ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari 13 ta dronni yo‘q qilgan. Yana uchta zarbador dron «BARS-Tambov» mobil o‘t ochish guruhlari tomonidan urib tushirilgan.

«Afsuski, uchta zarbador dron ombor binosiga zarba berishga ulgurdi», — dedi gubernator.

Avvalroq viloyat rahbari logistika markazidagi yong‘in maydoni 100 ming kvadrat metrdan oshganini ma’lum qilgan edi.

«Wildberries-Rus» kompaniyasi ham logistika obyektiga hujum qilinganini tasdiqladi. Kompaniyaga ko‘ra, zarbadan keyin yong‘in chiqqan va xavfsizlik talablariga muvofiq xodimlar oldindan evakuatsiya qilingan.

Ikkinchi hujum

Kotovskdagi logistika markaziga hozirgi hujum so‘nggi bir necha hafta ichida sodir bo‘lgan ikkinchi zarba bo‘ldi. Rossiya hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 18-iyul kuni tundagi avvalgi hujumda yetti nafar xodim halok bo‘lgan, yana 25 kishi jarohatlangan.

Iyul oyi o‘rtalaridan buyon Rossiyaning boshqa hududlaridagi «Wildberries» logistika obyektlari ham dronlar hujumiga uchragan.

Теглар

Мавзуга оид