add

2025 yilda O‘zbekistonda qotillik kamayib, nomusga tegish jinoyatlari ko‘paydi

Bugun 15:351781 daqiqa

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda qotillik bilan bog‘liq jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan teng yarmini qayd etgan bo‘lsa-da, nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘paydi.

2025 yilda O‘zbekistonda qotillik kamayib, nomusga tegish jinoyatlari ko‘paydi

2025 yilda O‘zbekistonda ichki ishlar tizimida xodimlar xizmat burchini bajarishda bir qator muammolarga duch keldi. Vazirlik axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov 23-dekabr kungi matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, yil davomida 6 nafar xodim vafot etgan, 131 nafari esa ish jarayonida jiddiy tan jarohati olgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda qotillik soni kamaygan, ammo nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘paygan.

«2024-yilda 60 ta qotillik qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 31 taga tushgan. YTH esa 9365 tadan 8738 taga kamaygan. Biroq nomusga tegish jinoyati o‘tgan yilga nisbatan 359 tadan 381 taga ko‘paygan», dedi Ramazon Ashropov.

Bundan tashqari, endi Ichki ishlar xodimlari ustidan kelgan har qanday murojaat favqulodda holat sifatida qaraladi. 102 qisqa raqamiga kelgan har bir murojaatga tuman yoki viloyat rahbarining shaxsan o‘zi javob beradi.

Shuningdek, joriy yilda IIB xodimlari tomonidan sodir etilgan 87 ta jinoyat aniqlangan. Ularning 75 foizi vazirlik tashabbusi bilan aniqlangan va chora ko‘rish uchun prokuraturaga taqdim qilingan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, jinoyatlar ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar ichki ishlar tizimida nazoratning kuchayganini va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar samarasini ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

2025 yilda O‘zbekistonda qotillik kamayib, nomusga tegish jinoyatlari ko‘paydi | Vaqt.uz