add

2025-yilning eng kuchli smartfonlari aniqlandi

Bugun 08:5811481

AnTuTu benchmarkining oxirgi reytingida 2025-yilning eng kuchli Android-smartfonlari e’lon qilindi. Birinchilikni Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega modellar egalladi.

2025-yilning eng kuchli smartfonlari aniqlandi

AnTuTu tahlilchilari 2025-yil oktabr oyi bo‘yicha Android-smartfonlar samaradorlik reytingi natijalarini taqdim etdi. Yangi ro‘yxatda yetakchi o‘zgardi: sentyabrda birinchilikni egallagan Xiaomi 17 Pro va 17 Pro Max modellari enda ilk o‘ntalikdan chiqib ketgan.

Birinchi o‘rinni RedMagic 11 Pro+ smartfoni egalladi. U suyuq va havo orqali hibrid sovitish tizimiga ega bo‘lib, AnTuTu testida o‘rtacha 4,13 million ball to‘plagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda 4,03 million ball bilan Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori asosida ishlovchi OnePlus 15 va iQOO 15 modellari joy olgan.

Top beshlikni Honor Magic8 va Magic8 Pro yakunladi — har ikkalasi 4,02 million ball to‘plagan. Shu tariqa, ilk beshta modelning barchasi Qualcomm’ning yangi flagman chipiga ega smartfonlar bo‘ldi.

Oltinchi va yettinchi o‘rinlarda MediaTek Dimensity 9500 chipiga ega Vivo X300 Pro (4,01 mln) va Snapdragon 8 Elite Gen 5 bilan ishlovchi Realme GT8 Pro (3,91 mln) joylashdi. Sakkizinchi o‘rinni Dimensity 9500 bazasidagi Oppo Find X9 (3,81 mln) egalladi.

Reytingni to‘ldirgan modellar — Redmi K90 Pro Max (Snapdragon 8 Elite Gen 5, 3,81 mln) va Vivo X300 (Dimensity 9500, 3,79 mln). Shu tariqa, 2025 yilning eng yuqori samarali smartfonlari asosan Snapdragon va MediaTek chiplari bilan jihozlanganini ko‘rish mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

2025-yilning eng kuchli smartfonlari aniqlandi | Vaqt.uz