add

2026 yilda tadbirkorlar tomonidan 4 mlrd dollarlik yangi servis ob’ektlari ishga tushiriladi

Bugun 13:00961 daqiqa

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2026 yilda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli rejalarni e’lon qildi.

2026 yilda tadbirkorlar tomonidan 4 mlrd dollarlik yangi servis ob’ektlari ishga tushiriladi

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, kelgusi yilda tadbirkorlar tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ortiq yangi servis ob’ektlari ishga tushiriladi. Bu loyihalar savdo, maishiy xizmat, ta’lim, tibbiyot, turizm va boshqa xizmat turlarini qamrab oladi.

Turizm salohiyatini oshirish maqsadida yaqin uch yilda 5 ming gektar yer maydoni turizm maskanlarini tashkil etish uchun auksionga chiqariladi. Shuningdek, 2026 yildan «O‘zbekiston merosi mehmonxonalari» dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida madaniy meros ob’ektlarida xususiy sheriklik asosida «butik mehmonxonalar» tashkil etiladi. Bu yo‘nalishga nufuzli xalqaro mehmonxona tarmoqlari jalb qilinib, loyiha ishtirokchilariga yer, mol-mulk, foyda solig‘i va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar taqdim etiladi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2026 yilda xizmatlar bozori hajmini 100 milliard dollardan oshirish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, xizmatlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun 2026 yilda sohani qo‘llab-quvvatlashga 85 trillion so‘m kredit va 9 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Jumladan, ta’lim xizmatlari uchun davlat byudjetidan 7 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid