add

2026 yilda uy-joy ipotekasiga 23 trln so‘m ajratiladi

Bugun 12:381581 daqiqa

Prezident Murojaatnomasida 2026 yilda aholi uchun ipoteka resurslari kengaytirilib, uy-joy qurilishi va iste’mol bozorida talabni oshirish rejalari e’lon qilindi.

2026 yilda uy-joy ipotekasiga 23 trln so‘m ajratiladi

2026 yilda O‘zbekistonda uy-joy ipotekasiga 23 trillion so‘m miqdorida resurs ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uy-joy sotib olishda fuqarolarning moliyaviy yukini yengillashtirish maqsadida boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so‘m subsidiya ajratiladi. Bu ipoteka bozorida aholi ishtirokini kengaytirish va yangi uy-joylarga talabni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining eng yuqori miqdori 15 foizga oshirilishi belgilandi. Bu qaror, ayniqsa, o‘rta daromadli oilalar uchun uy-joy sotib olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Kelgusi yilda mamlakatda jami 140 mingta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilishi rejalashtirilgan. Mazkur hajmdagi qurilish ishlari qurilish materiallari, maishiy texnika va ro‘zg‘or uchun zarur iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni oshirishi kutilmoqda.

Ushbu talabni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida 2026 yilda iste’mol kreditlari hajmi ham sezilarli oshiriladi. Xususan, kelgusi yilda 125 trillion so‘mlik iste’mol krediti ajratish rejalashtirilgan.

Prezident Murojaatnomasida 2026 yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga oshirib, uni 30 milliard dollarga yetkazish asosiy maqsad sifatida belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid