23–27 may kunlari sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin

23.05.2025 | 12:003 daqiqa

O‘zbekistonda 23 maydan 27 maygacha davom etadigan yomg‘irli ob-havo tufayli respublikaning bir qator tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» shoshilinch ogohlantirish e’lon qildi.

23–27 may kunlari sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin
Sel xavfi yuqori bo‘lgan hududlar: Qashqadaryo viloyati – Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor; Surxondaryo viloyati – Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod; Samarqand viloyati – Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon; Jizzax viloyati – Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod; Toshkent viloyati – Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqori Chirchiq, Angren, Olmaliq; Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on; Farg‘ona viloyati – So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq; Andijon viloyati – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonabod. «O‘zgidromet» mutasaddilari aholini, sayyohlar va haydovchilarni yuqori xavf hududlarida ehtiyotkor bo‘lishga, ob-havo sharoitini kuzatib borishga chaqirmoqda. Yomg‘ir suvlarining to‘planishi va sel oqimlari oqibatida yo‘llarni va uy-joylarni suv bosishi ehtimoli bor. Toshkent shahar hokimligi ham avvalroq kuchli shamol, simlarning uzilishi, daraxtlar qulashi va havoda chang miqdori oshishiga doir ogohlantirish bilan chiqqandi.

Teglar

Mavzuga oid

23–27 may kunlari sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin | Vaqt.uz