Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasida yangi quruqlik porti ochildi

Bugun 08:301 daqiqa

Ikki davlat Naibobod stansiyasida qo‘shimcha 1650 metrlik tarmoq qurish orqali vagonlarni qayta ishlash tezligini oshirishga kelishib oldi.

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasida yangi quruqlik porti ochildi

Afg‘onistonning Mazori-Sharif shahrida qurilish va tiklash ishlari yakunlangan «Hayraton — Mazori-Sharif» temir yo‘l liniyasining 5-sonli porti foydalanishga topshirildi. Bu haqda 21-may kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi portga birinchi poyezd tarkibi qabul qilinib, yuk tushirish ishlariga rasman start berilgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbari Z.G.Narzullayev Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha muovini Mulla Abdulg‘ani Barodar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda «Hayraton — Mazori-Sharif» temir yo‘l liniyasining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yanada oshirish masalasi muhokama qilindi», - deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Muzokaralar davomida Naibobod stansiyasi hududida qo‘shimcha 1650 metrlik shahobcha yo‘li qurish loyihasi ko‘rib chiqilgan. Ushbu tashabbus yuk vagonlarini qayta ishlash hajmini oshirish va ularning turib qolish vaqtini qisqartirishga qaratilgan.

Afg‘oniston bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan tegishli idoralarga O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda texnik va qurilish ishlarini tezkor amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Afg‘oniston tomoni esa yuklarni qayta ishlash hajmini oshirish hamda poyezd tarkiblarini uzluksiz qabul qilishni ta’minlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid