Logo

Agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun 19:591 daqiqa

Shuningdek, Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida ham favqulodda holat qayd etilgan.

Agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi © Ijtimoiy tarmoqlar

Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksining tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bugun soat 15:17 da “112” tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Qibray tumani, "Salar" qo‘rg‘oni, "Universitet" ko‘chasida joylashgan Toshkent davlat agrar universitetining sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan tashqari Toshkent shahar Sergeli tumani 8-dahada joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida ham yong‘in holati qayd etilgan.

Qutqaruv bo‘linmasi soat 15:32 da hodisa joyiga yetib borib, 16:08 da yong‘inni bartaraf etgan. Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 30 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.

Har ikkala holatda ham yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid