Logo

Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

Bugun 10:221 daqiqa

Andijon tumani Xakan sanoat hududida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer uchun 160 ming dollar talab qilib, uning 80 ming dollarini olgan fuqaro qo‘lga tushdi.

Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi © DXX matbuot xizmati

Toshkentda pora olgan kadastr bosh inspektori, Andijonda yer maydonini noqonuniy sotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, DXX Call-markaziga Kadastr agentligining Yashnobod tuman bo‘limi bosh inspektori ustidan murojaat kelib tushgan. Murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektor uchinchi shaxs orqali 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Bosh inspektor o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, mahalliy fuqaro tomonidan noqonuniy o‘rnatilgan yengil konstruksiyali qurilmalarni buzib tashlamaslik va unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga ushbu pul mablag‘ini talab qilgan.

Andijondagi holat

Andijon shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga Andijon tumani Xakan sanoat hududida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini go‘yoki "E-auksion" orqali yutib olganligini aytib, kelgusida kadastr tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 160 ming AQSH dollari talab qilgan. 

DXX, IIB va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 80 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid