
«Anorbank» nazorat paketi xorijiy investorga o‘tdi
O‘zbekistondagi xususiy banklardan biri — «Anorbank»da asosiy aksiyador almashdi: bank aksiyalarining nazorat paketi Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya ixtiyoriga o‘tdi.

O‘zbekistondagi xususiy banklardan biri “Anorbank”ning asosiy aksiyadori o‘zgardi. Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilinishicha, Qahramonjon Olimjonovning bankdagi ulushi 99,38 foizdan 49,38 foizgacha qisqargan.
Olimovga tegishli 50 foiz aksiyalar Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Bekamin B.V. kompaniyasi hisobiga o‘tdi. Shu tariqa endilikda bank aksiyalarining nazorat paketiga Niderlandiya kompaniyasi egalik qiladi.
«Xorijiy investor — Bekamin B.V. ulushli investitsiyalarni boshqarish va institutsional investorlar bilan ishlashga ixtisoslashgan kompaniyadir. “Anorbank” aksiyalarini sotib olish u uchun strategik ahamiyatga ega», — deb yozadi bank matbuot xizmati.
III chorak yakunlariga ko‘ra, banklar faolligi reytingida “Anorbank” 6 o‘rinni egallagan. 9 oyda bankning sof foydasi 236 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Qahramonjon Olimov Parij markazida noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani va tovon puli to‘langach ozod qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinchalik bu holat sahnalashtirilgani gumon qilingandi.
Teglar






