add

AppCloud atrofida shov-shuv: telefonlardagi yashirin ilova Isroilga ishlaydimi?

Bugun 14:55311

AppCloud nomli dasturning foydalanuvchi ruxsatisiz o‘chirib bo‘lmasligi va Isroil kompaniyasiga bog‘liqligi Turkiyada ham shubhalar uyg‘otdi.

AppCloud atrofida shov-shuv: telefonlardagi yashirin ilova Isroilga ishlaydimi?

Ba’zi smartfonlarda oldindan o‘rnatilgan AppCloud ilovaci haqidagi bahslar avj oldi. Sammobile’ning yozishicha, mazkur dastur yangidan sotib olinayotgan qurilmalarda ham avtomatik ravishda o‘rnatilmoqda va uni butunlay o‘chirib bo‘lmaydi.

AppCloud dasturi Isroilda joylashgan ironSource kompaniyasi bilan bog‘liqligi sabab jiddiy tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat, ayniqsa, Turkiyada millionlab foydalanuvchiga ega smartfonlarda uning paydo bo‘lishi bilan yonadan dolzarb bo‘ldi.

Eng xavotirli jihati — foydalanuvchilar AppCloud’ni na o‘chira oladi, na to‘liq faoliyatini cheklay oladi. Bu dastur qanday ruxsatlar bilan ishlayotgani yoki aynan qanday ma’lumotlarni yig‘ishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AppCloud smartfonning ichki tizimiga joylashib, fon rejimida turli ma’lumotlarni yig‘ishi mumkin. Xususan, Turkiyadagi ba’zi foydalanuvchilar ham uning qurilmalarida oldindan o‘rnatilganini ma’lum qilishgan.

Taxminlarga ko‘ra, bu ilova orqali foydalanuvchi odatlari, brauzer tarixi, havola bosish faoliyati va boshqa ma’lumotlar to‘planishi mumkin. Bu esa zamonaviy texnologiya dunyosida maxfiylik masalalari bo‘yicha jiddiy xavotir uyg‘otadi.

Ilovaning tarkibiy kodlari yoki yangilanishlarida shubhali modullar mavjudmi — bu borada texnik tahlillar talab etiladi. Hozircha ironSource yoki qurilma ishlab chiqaruvchilari bu masala yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Teglar

Mavzuga oid

AppCloud atrofida shov-shuv: telefonlardagi yashirin ilova Isroilga ishlaydimi? | Vaqt.uz