«Apple» 599 dollarlik «MacBook»ni taqdim etdi

04.03.2026 | 20:401 daqiqa

Sotuvlar 11-martdan boshlanadi. Ta’lim sohasi mijozlari uni 499 dollarga sotib olishlari mumkin.

«Apple» 599 dollarlik «MacBook»ni taqdim etdi

«Apple» kompaniyasi 4-mart kuni o‘zining eng arzon noutbuki — «MacBook Neo»ni taqdim etdi.

Uning narxi 599 dollardan boshlanadi, biroq ta’lim sohasi mijozlari uni chegirmali narxda — 499 dollaga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Taqqoslash uchun: «MacBook Air» narxi 999 dollardan, Pro modeli esa 1699 dollardan boshlanadi.

599 dollarlik bazaviy «MacBook Neo» modelida 256 gigabayt xotira mavjud, ammo unda Touch ID yo‘q. 699 dollarlik modelda esa ikki baravar ko‘p xotira — 512 gigabayt bor va unda Touch ID mavjud.

«MacBook Neo» to‘rtta rangda taqdim etilgan: kumushrang, pushti, och sariq va to‘q ko‘k.

Kompaniya ushbu model uchun oldindan buyurtma qabul qilishni boshladi. «MacBook» 11-martdan sotuvga chiqadi.

Bundan avvalroq, mart oyida «Apple» yangi «hamyonbop» iPhone 17e telefonini taqdim etgan edi. Narxi — 599 dollardan. Telefon uch xil rangda — qora, oq va pushti ranglarda chiqarilgan. Sotuvlar 11-martdan boshlanadi.

Teglar

Mavzuga oid