add

AQSH Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qilmoqda

Kecha 15:001 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan savdo qilayotgan davlatlarga qo‘shimcha 25 foizlik boj joriy qildi, bu qaror eng avvalo Turkiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

AQSH Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga boj joriy qilmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan iqtisodiy aloqalarni saqlab qolayotgan mamlakatlarga nisbatan yangi savdo cheklovini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Eron bilan tijorat munosabatlarini davom ettirayotgan davlatlar AQSH bilan savdoda qo‘shimcha 25 foizlik boj to‘laydi.

Tramp bu qarorni o‘zining «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilib, chora «darhol kuchga kirgani» va «qat’iy va yakuniy» ekanini ta’kidladi. Hozircha Oq uy tomonidan qarorning to‘liq rasmiy matni e’lon qilinmagan.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning eng yirik savdo hamkori Xitoy hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda Iroq, BAA, Turkiya va Hindiston joylashgan.

Turkiyaning Eron bilan eng faol savdo qiladigan besh davlat qatorida ekanligi yangi qaror Turkiyada katta munoazaralarni keltirib chiqarmoqda.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, asosiy noaniqlik yangi boj qanday qo‘llanilishi bilan bog‘liq. «CNN Türk»ning AQSHdagi muxbiri Yunus Pokso‘yning qayd etishicha, Turkiyaga avvaldan 15 foizlik qo‘shimcha boj qo‘llanib kelingan. Yangi qaror bilan bu stavka 15 foiz ustiga yana 25 foiz qo‘shiladimi yoki Eron bilan savdoni to‘xtatmagan barcha davlatlarga yagona tartibda joriy etiladimi — bu masala hali ochiq qolmoqda.

Rasmiy qaror matni e’lon qilinmaguncha, Turkiya–AQSH savdo munosabatlariga ta’sir ko‘lami va iqtisodiy oqibatlarini aniq baholash qiyin. Biroq iqtisodchilarning fikricha, agar yangi boj choralari to‘liq amalga oshirilsa, bu Turkiya eksportiga, ayniqsa AQSH bozoriga yo‘naltirilgan mahsulotlarga sezilarli bosim o‘tkazishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid