Logo

AQSH Eronga nisbatan sanksiyalarni vaqtinchalik bekor qildi

AQSH Moliya vazirligi sanksiyalardan vaqtinchalik voz kechganini e’lon qildi. Bu qaror Tehronga neft va neft mahsulotlarini eksport qilish hamda ular uchun to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

AQSH Eronga nisbatan sanksiyalarni vaqtinchalik bekor qildi © https://msn.com

AQSH va Eron o‘rtasida yangi tinchlik kelishuvi bo‘yicha o‘tkazilgan ilk muzokaralardan so‘ng Vashington Tehronga nisbatan ayrim sanksiyalarni 60 kun muddatga bekor qildi.

Pokiston va Qatar vositachilarining ma’lum qilishicha, tomonlar Shveysariyaning Burgenstok tog‘ kurortida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 60 kun ichida doimiy kelishuvga erishish bo‘yicha kelishib olgan. Muzokaralar Qatar vositachiligida tashkil etilgan.

TTomonlar, shuningdek, AQSHning ittifoqchisi Isroil hamda Eron qo‘llab-quvvatlayotgan Hizbulloh harakati o‘rtasida Livandagi jangovar harakatlarni to‘xtatish mexanizmi yuzasidan ham kelishuvga erishgan. Bundan tashqari, strategik ahamiyatga ega Ho‘rmuz bo‘g‘ozida ehtimoliy mojarolarning oldini olish maqsadida tijorat kemalarining xavfsiz qatnovini ta’minlash uchun maxsus aloqa kanali ishga tushirilgan.

Eronga iqtisodiy yengilliklar berishni nazarda tutuvchi kelishuv doirasida AQSH Moliya vazirligi 21-avgustga qadar amal qiladigan sanksiyalardan vaqtinchalik voz kechganini e’lon qildi. Bu qaror Tehronga neft va neft mahsulotlarini eksport qilish hamda ular uchun to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

Rasmiylarning bildirishicha, mintaqadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan kelishuv natijasida Livandagi janglar vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tankerlar harakati faollashgani qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid