add

AQSH o‘zini o‘zi deportatsiya qilgan migrantlarga 3 ming dollar to‘laydi

Bugun 15:151501 daqiqa

AQSH hukumati 31-dekabrga qadar mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etgan noqonuniy migrantlar uchun beriladigan to‘lovni 3 ming dollargacha oshirdi.

AQSH o‘zini o‘zi deportatsiya qilgan migrantlarga 3 ming dollar to‘laydi

AQSHda noqonuniy migrantlarni o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga rag‘batlantirish maqsadida beriladigan to‘lov miqdori 3 ming dollargacha oshiriladi. Bu haqda mamlakat ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ma’lum qildi.

«Noqonuniy muhojirlar bu sovg‘adan foydalanishi va o‘zlarini deportatsiya qilishi kerak, aks holda biz ularni topamiz, hibsga olamiz va ular hech qachon qaytib kela olmaydi», dedi Kristi Noyem.

Buning uchun ular deportatsiya jarayonini CBP Home ilovasi orqali o‘zlari tashkil etishi lozim.

Avvalroq vataniga qaytgani tasdiqlangan shaxslarga ming dollar to‘lab kelingan. Shu tartibda joriy yil oktabr oyiga qadar 1,6 million migrant AQSHni tark etgan. Endi esa yangi yilgacha to‘lov miqdori uch barobarga oshirilmoqda.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy migrantni aniqlash, hibsga olish va mamlakatdan chiqarib yuborishning o‘rtacha qiymati 17 ming dollarni tashkil etadi. Shu sababli «o‘zini deportatsiya qilish» mexanizmi davlat byudjeti uchun muqobil va iqtisodiy jihatdan maqbul yechim sifatida ko‘rilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid