AQSH Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV

Polsha hukumati Amerikaning yadro qurolini o‘z hududida joylashtirishga tayyor ekanini avvalroq bir necha bor ma’lum qilgan.

AQSH Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV

Amerika Qo‘shma Shtatlari yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan bombardimonchi samolyotlarini Yevropaning yana bir nechta davlatlarida, xususan, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda muhokamalar jarayonidan xabardor manbalarga tayanib, «Financial Times» nashri ma’lum qildi.

Ushbu muhokamalar NATO bo‘yicha ittifoqchilarni an’anaviy harbiy yordamning qisqarishi ularning xavfsizlik kafolatlarini zaiflashtirmasligiga ishontirish maqsadida o‘tkazilmoqda. O‘z hududida bunday bombardimonchi samolyotlarni qabul qilishga, asosan, Rossiya chegaralariga yaqinroq joylashgan NATO a’zolari qiziqish bildirgan.

Mavjud bazalar va 1997 yilgi kelishuv

Hozirgi vaqtda yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan Amerikaning ikki maqsadli samolyotlari (Dual Capable Aircraft, DCA) Yevropaning oltita davlatida: Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Turkiyada joylashgan. Ta’kidlanishicha, AQSH Yevropadagi barcha yadroviy arsenallari ustidan to‘liq nazoratni o‘zida saqlab qoladi va ularning xavfsizligini ta’minlaydi.

Rossiya va NATO o‘rtasida 1997 yilda imzolangan kelishuvda Shimoliy Atlantika alyansining «yangi a’zolar hududida yadro qurolini joylashtirish niyati, rejasi yoki sabablari» yo‘qligi belgilab qo‘yilgan. Shunday bo‘lsa-da, 1999 yilda NATOga a’zo bo‘lgan Polsha hukumati Amerikaning yadro qurolini o‘z hududida joylashtirishga tayyor ekanini avvalroq bir necha bor ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlarida yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV | Vaqt.uz