add

«AQSH tarixidagi eng qudratli vitse-prezident» vafot etdi

Bugun 21:238461

Siyosiy tahlilchilar uning ta’siri juda kuchli ekanini ta’kidlagan — ko‘plab masalalarda u prezidentdan kam bo‘lmagan nufuzga ega bo‘lgan.

«AQSH tarixidagi eng qudratli vitse-prezident» vafot etdi

AQSHning sobiq vitse-prezidenti Dik Cheyni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Cheyni AQSHning to‘rtta prezidenti ma’muriyatida faoliyat yuritgan. U 1989-1993 yillarda AQSH mudofaa vaziri lavozimini egallagan. 2001 yildan 2009 yilgacha kichik Jorj Bush ma’muriyatida ikki muddat davomida vitse-prezident bo‘lgan.

Siyosiy tahlilchilar Cheynining ta’siri juda kuchli ekanligini ta’kidlaganlar — ko‘plab masalalarda u prezidentdan kam bo‘lmagan nufuzga ega edi. «Washington Post» gazetasi mualliflarining fikricha, u mamlakat tarixidagi eng ta’sirli vitse-prezident bo‘lgan.

Shuningdek, CNN respublikachi Cheynini «zamonaviy Amerikaning eng qudratli vitse-prezidenti» va AQSHning Iroqqa bostirib kirishida hal qiluvchi rol o‘ynagan «terrorga qarshi urushning bosh me’mori» deb ta’riflagan.

CNN yozishicha, hayotining so‘nggi yillarida Cheyni, sodiq konservator bo‘lib qolgan holda, qo‘rqoq va respublika tarixidagi eng katta tahdid deb atagan Donald Trampni qattiq tanqid qilgani uchun Respublikachilar partiyasidan chetlatilgan.

O‘nlab yillar davomida Cheyni muntazam ravishda yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekkan va bir necha bor yurak xurujini boshdan kechirgan. 2012 yilda sobiq vitse-prezidentga yurak ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazilgan.

Teglar

Mavzuga oid

«AQSH tarixidagi eng qudratli vitse-prezident» vafot etdi | Vaqt.uz