add

AQSH vizasida yangi qoida: semizlik va diabet ariza rad etilishiga sabab bo‘ladi

Bugun 09:301611

AQSH Davlat departamenti butun dunyodagi konsulliklarga yuborgan yangi ko‘rsatma orqali vizalarda salomatlik asosidagi rad etish tartibini joriy qildi.

AQSH vizasida yangi qoida: semizlik va diabet ariza rad etilishiga sabab bo‘ladi

AQSH Tashqi ishlar vazirligi obezdlik, diabet, yurak va onkologiya kasalliklari bor shaxslarning vizasini shifokor tekshiruvisiz ham rad etishga ruxsat berdi. Yangi tartibga ko‘ra, ariza beruvchi AQSHda ijtimoiy yoki tibbiy yuk bo‘lishi mumkin, deb baholansa, konsullik unga viza bermaslik huquqiga ega.

Bloomberg manbasi yozishicha, bu ko‘rsatma Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ma’qullangan va AQSHga keladigan shaxslarning davlat sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan ehtimoliy xarajatlarini oldindan baholashga qaratilgan. Hujjatda yurak-qon tomir, surunkali nafas yo‘li kasalliklari, saraton, qandli diabet va ruhiy xastaliklar alohida qayd etilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, emakyor yoki ishlamaydigan shaxslar o‘zini moliyaviy jihatdan ta’minlay olishini isbotlovchi hujjat taqdim etmasa, vizadan mahrum bo‘lishi mumkin. Turistik yoki qisqa muddatli vizalarda ushbu cheklovlar qanday qo‘llanilishi hozircha aniq emas.

Dunyo aholisining taxminan 16 foizi qand ortiqcha vazndan aziyat chekadi, AQSHda esa bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etadi. Shu sababli, ekspertlar yangi qoida global tanqidlarga sabab bo‘lishini va sog‘liqqa asoslangan segregatsiyaga yo‘l ochishini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH vizasida yangi qoida: semizlik va diabet ariza rad etilishiga sabab bo‘ladi | Vaqt.uz