add

AQSHda 1,6 million nafar migrant o‘z ixtiyori bilan deportatsiya qilindi

28.10.2025 | 18:203581

O‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etganlarga kelgusida AQSHga qonuniy ravishda kirish imkoniyati saqlab qolinadi.

AQSHda 1,6 million nafar migrant o‘z ixtiyori bilan deportatsiya qilindi

AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan 1,6 million kishi o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etdi, yana 500 ming kishi majburan deportatsiya qilindi, deya xabar bermoqda ABC News Ichki xavfsizlik departamentiga tayanib.

Qayd etilishicha, departament migrantlarni ixtiyoriy deportatsiyaga undash uchun targ‘ibotlarga millionlab dollar sarflamoqda. O‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etgan migrantlarga 1 000 dollar pul mukofoti va samolyot chiptasi beriladi.

Ushbu tashabbus prezident Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan. Prezident Donald Tramp 2024 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida ommaviy deportatsiyalarni amalga oshirishga va’da bergan edi.

Xabarga ko‘ra, ayni paytda AQSH uchun noqonuniy muhojirni hibsga olish, ushlash va chiqarib yuborishning o‘rtacha qiymati 17 ming dollarni tashkil etadi. Shu sababdan «o‘zini deportatsiya qilish» muqobil va hamyonbop variant sifatida ko‘rilgan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSHda 1,6 million nafar migrant o‘z ixtiyori bilan deportatsiya qilindi | Vaqt.uz