Arab Amirliklari AQSHga dollardan voz kechishi mumkinligi bilan tahdid qildi — OAV
BAA Yaqin Sharqdagi urush sababli dollar tanqisligi yuzaga kelsa, Xitoy yuaniga o‘tishi mumkin. Amirliklar vakillari Trampning qarorlarini tanqid qilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklari Yaqin Sharqdagi nizo avj olgan taqdirda moliyaviy ko‘mak borasida Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda «RBK Ukraina» xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan haftada Vashingtonda BAA Markaziy banki rahbari Xalid Muhammad Balama Federal zaxira tizimi va AQSH Moliya vazirligi vakillari, jumladan, moliya vaziri Skott Bessent bilan uchrashgan.
Uchrashuv ishtirokchilari agar Yaqin Sharqdagi harbiy nizo keskinlashsa, Amirliklarga moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatini muhokama qilishgan.
BAA Markaziy banki rahbari urush mamlakat iqtisodiyotiga va uning global moliyaviy markaz maqomiga jiddiy zarar yetkazishi, valuta zaxiralarini tugatishi va investorlarni cho‘chitishi mumkinligini aytgan.
Shunday qilib, nizo oqibatida BAAning neft va gaz infratuzilmasi zarar ko‘rgan, mamlakat ilgari, urushgacha Hurmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan tankerlardan foydalanib neft sotish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Bu o‘z navbatida BAAni dollardagi asosiy daromad manbaidan ham mahrum qildi.
Manbalarning xabar berishicha, agar BAAda dollar tanqisligi yuzaga kelsa, mamlakat neft sotish va boshqa amaliyotlar uchun Xitoy yuani yoki boshqa davlatlar valutasidan foydalanishga majbur bo‘lishi mumkin.
Amirliklar vakillari uchrashuvda aynan AQSH prezidenti Donald Trampning qarori ularning mamlakatini vayronkor nizoga tortib kelgani va uning oqibatlari hali tugamagan bo‘lishi mumkinligini aytishgan.





