add

«Avval iqtisod…» — ekologiya, parking, AES qurilishi va dekret puli haqida

30.11.2025 | 19:354791 daqiqa

Iqtisodchi Otabek Bakirov ishtirokidagi haftaning eng muhim iqtisodiy mavzulariga bag‘ishlangan tahliliy ko‘rsatuv «Avval iqtisod...» deb nomlandi

Ko‘rsatuvning ikkinchi sonida dastlabki mavzu sifatida poytaxtda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha juda muhim farmon tahlil qilindi. Jumladan, havo tozalagichlarga boj bekor qilingani, biroq elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi bekor qilinmagani haqilda gap boradi.

«Poytaxt parking» parkovka operatori hozircha monopolistlar ro‘yxatida emas. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi parkovka operatori bo‘yicha o‘rganish o‘tkazayotgani haqida.

AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. Qatnashish kerakmi? Hamma qaror qabul qilib bo‘linganidan so‘ng jamoatchilik eshituvlari o‘tkazishdan qanday maqsad ko‘zlangan?

2026 yil uchun budjet loyihasi e’lon qilindi. Endi barcha ishlovchi homilador ayollar xoh davlat, xoh xususiy korxonada ishlayotganidan qat’i nazar dekret puli oladimi?

Open banking bo‘yicha qaror muhokamasi. O‘zbekistonda yana bitta venchur fondi tuziladi. Markaziy bankning ham venchur fondi bo‘ladi. Bunday yo‘l tutilishi qonunga to‘g‘ri keladimi?

Ko‘rsatuvning ikkinchi sonida shular haqida so‘z boradi.

Teglar

Mavzuga oid