
Ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Kecha 23:152141 daqiqa
O‘zgidromet 13–16-dekabrda kuzatilishi kutilgan keskin ob-havo o‘zgarishi ortidan bir nechta tog‘li tumanlarda qor ko‘chishi xavfi yuqori ekanini ma’lum qildi.

O‘zgidromet 13–16-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ogohlantirish:
— Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
— Namangan viloyati: Pop tumani uchun amal qiladi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.





