add

Ayrim pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi

Bugun 11:202 daqiqa

Pirotexnika muomalasini tartibga soluvchi yangi qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda faqat xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika vositalaridan foydalanish va saqlashga ruxsat beriladi.

Ayrim pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi qonunchilik asosida belgilab qo‘yildi. Bu bo‘yicha 13-yanvar kuni «Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra pirotexnika buyumlari pirotexnik tarkibning yonishi yoki portlashi natijasida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar hisoblanadi.

Hujjatda pirotexnika buyumlari xavflilik darajasiga qarab I dan V sinfgacha bo‘lingan. Bunda xavflilik zonasi va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar darajasi asosiy mezon sifatida belgilangan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston hududida faqat xavflilikning I sinfiga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, tashish, sotish, sotib olish, saqlash va qo‘llashga ruxsat beriladi. Bu turdagi mahsulotlar nisbatan xavfsiz deb baholangan.

Ayni paytda xavflilikning II–V sinflariga mansub pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, O‘zbekistonga olib kirish, tashish, jo‘natish, sotish, saqlash va ulardan foydalanish qat’iy taqiqlanadi. Mazkur cheklov aholi xavfsizligini ta’minlash va noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan.

Pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu idoralar qonun talablariga rioya etilishini ta’minlaydi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Teglar

Mavzuga oid