Azizbek Urunov yangi lavozimga tayinlandi

Bugun 19:061 daqiqa

Shuningdek, unga Prezident Administratsiyasidan ikki o‘rinbosar ham tayinlandi.

Azizbek Urunov yangi lavozimga tayinlandi © Foto: prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Azizbek Urunov o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Azizbek Urunov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Rais o‘rinbosarlari ham tayinlandi

Shuningdek, Prezidentning alohida qarori bilan Elyor Talaboyev qo‘mita raisi o‘rinbosari — komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mas’ul etib tayinlandi.

U ushbu lavozimga tayinlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati bosh inspektori vazifasidan ozod qilingan.

Shu bilan birga, Furqat Jalilov ham qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Furqat Jalilov tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori sifatida ishlab kelgan.

Teglar

Mavzuga oid

Azizbek Urunov yangi lavozimga tayinlandi | Vaqt.uz