add

Banklar ijtimoiy tarmoqlarda: 2025 yilda kimlar yetakchi bo‘ldi?

Kecha 19:102 daqiqa

O‘zbekiston banklarini ijtimoiy tarmoqlarda umumiy 2,8 mln nafardan oshiq obunachi kuzatmoqda.

Banklar ijtimoiy tarmoqlarda: 2025 yilda kimlar yetakchi bo‘ldi?

SNS Ratings agentligi 2025 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston banklarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati haqida hisobotni taqdim qildi

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, banklarning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 2 mln 826 mingtadan oshiq. Instagram eng faol tarmoq bo‘lib turibdi. 

1

Umumiy obunachilar soni bo‘yicha “TBC Bank” yetakchilik qilmoqda. Hisobotda har bir bank va ijtimoiy tarmoq kesimida alohida ma’lumot bilan tanishish mumkin

Telegram’da eng ko‘p obunachiga ega bank “Uzum bank” bo‘lib turibdi. Bankni bu yerda 140 mingdan oshiq obunachi kuzatadi. “Xalq banki” va “Agrobank” kuchli uchlikdan joy oldi. 

2

2025 yilning III choragida banklarning Telegram’dagi obunachilari soni sezilarli o‘sishni boshlagan. Yil boshida 450 ming atrofida obunachi bor bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 700 mingdan oshgan. 

“TBC Bank” Instagram'da 190 mingdan oshiq obunachiga ega va bu borada birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda “Anorbank” va “Asakabank” bormoqda. 

Bundan tashqari, Facebook'da kuchli uchlikda “Kapitalbank”, “Hamkorbank” va “Ipak yo‘li banki” joy olgan. Bu yerda ham so‘nggi oylarda banklarning obunachilari soni sezilarli ko‘paygan. 

YouTube'da “Agrobank” yaqqol yetakchilik qilmoqda. Bankni bu ijtimoiy tarmoqda 90 mingdan oshiq foydalanuvchi kuzatadi. Kuchli uchlikni “TBC Bank” va “Turonbank” yakunlab berdi. YouTube'da banklarning obunachilari barqaror o‘sib bormoqda. 

LinkedIn platformasida “TBC Bank” eng ko‘p obunachiga ega. Bankni 16 ming atrofida odam kuzatadi. “Anorbank” va “Ipotekabank” kuchli uchlikda. 

LinkedIn’da banklar asosan ingliz tilida axborot taqdim qiladi. Bu yerda HR departamentlar xodimlar qidirishda ham faol bo‘ladi.

Teglar

Fozil Qambarov

Fozil QambarovMaqolalar soni: 31

Barchasi

Mavzuga oid