Banklarda yangi tartib: pasportsiz 500 dollargacha valuta olish mumkin bo‘ladi

Bugun 10:311 daqiqa

Hozirgi amaldagi cheklov 100 dollar bo‘lib, yangi qoidalar 3 oydan keyin kuchga kiradi.

Banklarda yangi tartib: pasportsiz 500 dollargacha valuta olish mumkin bo‘ladi

Endi bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valutasini olish mumkin bo‘ladi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqidagi idoraviy hujjat kecha, 8-mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Hujjatga ko‘ra, mijozlar bankdan 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishlari mumkin.
Hujjat kecha ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, yangi tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSH dollarini tashkil etadi. Ya’ni bugungi kunda mijozlar 100 dollargacha bo‘lgan xorijiy valutani shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz olishi mumkin.

Dam olish kuni ham ishlaydigan banklar


9-10-11-may kunlari jami 23 ta bank tomonidan valuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

Agrobank;
Apexbank;
Milliy bank;
Tenge bank;
Hamkorbank;
— Anor bank;
Garant bank;
Hayot bank;
Asaka bank;
InFin bank;
Universalbank;
SQB;
Trastbank;
Ipotekabank;
— Asia Alliance bank;
Kapitalbank;
Ipak Yuli Bank;
BRB;
Mikrokredirbank;
Aloqabank;
Xalq banki;
— Orient Finans Bank;
Poytaxt bank.

Teglar

Mavzuga oid

Banklarda yangi tartib: pasportsiz 500 dollargacha valuta olish mumkin bo‘ladi | Vaqt.uz