
Birjada paxta yog‘i narxida keskin pasayish kuzatildi
O‘tgan hafta davomida o‘tkazilgan birja savdolarida barcha navli paxta yog‘i narxining anchayin tushgani ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan hafta, 17–23-noyabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 35 897 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3 foizga oshgan. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta mobaynida ochiq birja savdolari orqali jami 12 039 ta bitim tuzildi.
Jumladan, 17–23-noyabr kunlari birja savdolari orqali 2 183,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 437 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 nafar xaridor ishtirok etdi.
Bu davrda bir tonna barcha navli paxta yog‘ining o‘rtacha kunlik narxi 17 mln 166,2 ming so‘mdan 14 mln 573,1 ming so‘mgacha pasaydi.
Shuningdek, birja savdolariga 470 139 tonna sement qo‘yildi va undan 155 039 tonnasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 31 008 tonnani tashkil qildi. Bir tonna sementning kunlik o‘rtacha narxi 636,3 ming so‘mdan 632,2 ming so‘mgacha pasaydi.





