«Biz qasos olamiz»: Mujtaba Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat bilan chiqdi

Kecha 21:342 daqiqa

Eronning yangi oliy rahbari mintaqadagi qo‘shni davlatlarni respublika ularning hududiga zarba bermasligi uchun Amerika harbiy bazalarini yopishga chaqirdi.

«Biz qasos olamiz»: Mujtaba Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat bilan chiqdi

Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xomanaiy xalqqa birinchi murojaatini e’lon qildi. Hujjat «Tasnim» agentligi tomonidan tarqatildi va Eron televideniyasida o‘qib eshittirildi, biroq uning o‘zi kadrda ko‘rinmadi. Xomanaiy o‘z tayinlovi haqida boshqa eronliklar bilan bir vaqtda — Ekspertlar kengashidagi ovoz berish jarayonining teletranslyatsiyasi orqali bilganini aytdi. Murojaatning markaziy mavzusi urush bo‘ldi.

Quyida murojaatning qisqacha mazmuni keltiramiz.

Biz shahidlarimiz qoni uchun qasos olamiz. Har bir o‘ldirilgan eronlik uchun qasos olinadi. Toki bu ishni oxiriga yetkazmagunimizcha, u ustuvor vazifa bo‘lib qoladi — ayniqsa, Minabdagi maktabda bo‘lgani kabi farzandlarimizning qoni tufayli chekayotgan azobimizni hisobga olsak. Biz dushmanlardan tovon talab qilamiz, agar ular rad etishsa, ularning mulklarini — qancha kerak deb hisoblasak, shuncha miqdorda qo‘lga kiritamiz. Yoki ularga xuddi shunday zarar yetkazamiz.

Men jasur jangchilarimizga minnatdorlik bildiraman, ular ulkan ishlarni amalga oshirishmoqda. Bizni Yaman va Iroqdagi qarshilik harakatlari qo‘llab-quvvatlamoqda. Biz qo‘shnilar bilan do‘stlikka ishonamiz va faqat Amerika bazalarini nishonga olamiz. Biz bu harakatlarni davom ettirishga majburmiz. AQSHning barcha bazalari yopilishi kerak — aks holda biz ularga hujum qilamiz. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi dushmanlarimizga bosim o‘tkazish uchun bloklangan holatda qoladi.

Nutqning ichki siyosiy qismida oliy rahbar xalqning roliga urg‘u berdi: uning aytishicha, aynan eronliklar mamlakat oliy rahbarsiz qolgan kunlarda davlatni boshqargan. U birlikka, o‘zaro yordamga va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Mujtaba Xomanaiy Eronning uchinchi oliy rahbari bo‘ldi. Ekspertlar kengashi uni otasi, oyatulloh Ali Xomanaiyning vafotidan bir necha kun o‘tib sayladi. Tramp saylovdan sal avval «Axios»ga bergan intervyusida Mujtabani «yengil vaznli» (tajribasiz) deb atagan va mar=um oyatulloh siyosatini davom ettiradigan nomzodni qabul qilmasligi bilan tahdid qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid