Logo

«Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz»: Kuba prezidenti AQSH bilan ehtimoliy urush haqida gapirdi

Bugun 20:451 daqiqa

Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel AQSH bilan ehtimoliy harbiy mojarodan qo‘rqmasligini aytdi.

«Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz»: Kuba prezidenti AQSH bilan ehtimoliy urush haqida gapirdi

Kuba Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ehtimoliy harbiy mojarodan qo‘rqmaydi va o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyor, biroq qarama-qarshilikning oldini olish hamda Vashington bilan muloqot o‘rnatishni ustuvor vazifa deb biladi. Bu haqda Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ma’lum qildi.

Gavana urushni xohlamaydi, ammo g‘aflatda qolmaslik va mag‘lubiyatga uchramaslik uchun tegishli tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda davlat rahbari «Sky News» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, AQSH prezidenti Donald Trampning Kuba haqidagi bayonotlari va Amerika ma’muriyatining ritorikasi Gavana tomonidan jiddiy qabul qilinayotgan xavfli signal hisoblanadi.

Avvalroq Donald Tramp AQSH Eronga hujumni yakunlaganidan so‘ng, Kuba bilan «shug‘ullanishi» rejalashtirilganini aytgan edi.

Muzokaralar va mudofaaga hozirlik

Kuba rahbarining aytishicha, agar kelishmovchiliklar tahdidlar orqali emas, balki muzokaralar yo‘li bilan hal qilinsa, AQSH va Kuba yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini olib borishi hamda ilm-fan, madaniyat, ta’lim va iqtisodiyot sohalarida hamkorlik qilishi mumkin.

Dias-Kanelning bildirishicha, ehtimoliy hujum sodir bo‘lgan taqdirda, mamlakat xalqi birdamlik va qat’iyat bilan javob qaytaradi hamda o‘z mustaqilligini so‘nggi qon tomchisigacha himoya qiladi. Shuningdek, u qurolli mojarolarda texnologiyalar va harbiy qudrat emas, balki xalq irodasi hal qiluvchi ekanini ta’kidladi.

Teglar

«Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz»: Kuba prezidenti AQSH bilan ehtimoliy urush haqida gapirdi | Vaqt.uz