Biznes uchun kreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Bugun 15:262 daqiqa

Markaziy bank yuridik shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Biznes uchun kreditni qaysi bankdan olgan ma’qul? © © Foto: spot.uz

Markaziy bank 2026 yil 27-aprel holatiga ko‘ra, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha yangi foiz stavkalarini e’lon qildi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 23,5 foizni, asosiy vositalar xaridi uchun esa 23,4 foizni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun, o‘tgan haftada aylanma mablag‘lar bo‘yicha o‘rtacha stavka 25,4 foiz, asosiy vositalar uchun esa 23,9 foiz darajasida qayd etilgan edi. Yangi haftada ayniqsa aylanma mablag‘lar segmentida sezilarli pasayish kuzatilgan.

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish segmentida stavkalar 20,9 foizdan 29,2 foizgacha bo‘lgan. Bu yo‘nalishda eng past stavka «Milliy bank»da (20,9 foiz), «OFB»da (21,2 foiz) va «KDB bank»da (21,5 foiz) qayd etilgan.

Shuningdek, «Aloqabank» (22,1 foiz), «Xalq banki» (22,3 foiz) va «Ipoteka bank» (22,5 foiz) ham nisbatan maqbul shartlarni taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda stavkalar asosan 23–25 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «Mikrokreditbank» (22,7 foiz), «BRB» (23,1 foiz), «Ipak Yo‘li bank» va «Hamkorbank» (23,7 foizdan), «Trastbank» (23,8 foiz) hamda «Apex bank» va «Agrobank» (24,0 foizdan) shu guruhga kiradi. «Kapitalbank»da bu ko‘rsatkich 24,1 foizni tashkil etgan.

Yuqori segmentda esa farq ancha katta. «Turon bank» (24,5 foiz), «Ziraat bank» (24,7 foiz), «Infinbank» (24,9 foiz) va «Garant bank» (25,1 foiz) stavkalari qayd etilgan. Eng yuqori foizlar «Universal bank» (27,0 foiz), «Madad Invest bank» (28,0 foiz) va «Anor bank»da (29,2 foiz) kuzatildi.

0

Asosiy vositalarni xarid qilish uchun ajratiladigan kreditlarda esa stavkalar 18,9 foizdan 27,5 foizgacha bo‘lgan. Bu segmentda eng past stavka «Trastbank»da (18,9 foiz), «Xalq banki»da (20,4 foiz) va «Milliy bank»da (20,5 foiz) qayd etildi. Shuningdek, «BRB» (20,6 foiz), «Mikrokreditbank» (22,4 foiz), «Ipoteka bank» va «Aloqabank» (22,7 foizdan) ham nisbatan past stavkalarni taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda «Agrobank» (23,0 foiz), «Turonbank» va «SQB» (23,8 foizdan), «Infinbank» va «Asia Alliance bank» (24,3 foizdan), «Ipak Yo‘li bank» (24,5 foiz) hamda «Davr bank» (24,8 foiz) joy olgan.

Yuqori segmentda esa «Kapitalbank» (25,0 foiz), «Asakabank» (25,1 foiz), «Hamkorbank» (25,2 foiz) va «Tenge bank» (26,0 foiz) stavkalari qayd etilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich «Garant bank»da — 27,5 foiz.

00

Teglar

Mavzuga oid