Boysunda daryoga oqqan neftning ekologiyaga yetkazilgan zarar miqdori ma’lum qilindi
23-aprel kun Boysun tumanidada sodir bo‘lgan sel oqimi «ERIEEL GROUP» tomonidan yasalgan neft mahsuloti saqlovchi dambani yuvib ketishi oqibatida mazut Surxondaryogacha oqib kelgan.
© Видеодан кадрSurxondaryo viloyatining Boysun tumanida neft aralash suyuqlik daryoga oqib, ekologiyaga 8,5 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.
Tekshiruv davomida «Surxan Gas Chemical Operating Company» qo‘shma korxonasiga qarashli quduqlardan birida neft mahsulotlari aralash suyuqlik yer yuzasiga sizib chiqqanligi aniqlangan. Vaziyatni nazoratga olish maqsadida korxona «Eriell Oilfield Services Middle East DMCC» kompaniyasining maxsus texnikalarini jalb qilgan holda 11 ta xandaq qazib, suyuqlikni to‘plash choralarini ko‘rgan.
Biroq 23-aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik sabab vaziyat murakkablashgan. Natijada taxminan 1,2 tonna neft mahsulotlari aralash suyuqlik «Xongaronsoy» oqimiga tushib ketgan. Bu esa atrof-muhitga sezilarli zarar yetkazgan.
Kompensatsiya miqdori
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq kompensatsiya miqdori hisoblab chiqildi. Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar miqdori 8,5 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Hozirda hodisa oqibatlari bartaraf etilgan, suv havzasi neft aralashmasidan tozalangan. Mutasaddi organlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Yakuniy xulosalar asosida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, holatga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Ekologiya
Ekologiyaga oida xabar va yangiliklar





