add

Bozordagi tijoriy video pulli: Toshkent hokimi qaroridan nimalar ko‘zlangan?

Endi Toshkentdagi bozorlarda tijorat maqsadida videoga olganlik uchun to‘lov undiriladi. Bu tartib Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning 18-noyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.



Xususan, bozorlar va savdo komplekslari hududidan tijorat maqsadida video/tasvirga olishda foydalanish uchun 1 soatga 5 million so‘m to‘lov belgilandi. Bunda videorolik, reklama roligi, klip yoki boshqa usulda video/tasvirga olish nazarda tutilgan. Ammo xorijdan kelgan turistlar va ommaviy axborot vositalari bundan mustasno hisoblanadi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda shu mazmundagi ilk xabarlar tarqalarkan, u ko‘plab tushunmovchilik va e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Turli muhokama va savollar bugun, 19-noyabr kuni Toshkent shahar hokimligining qaror bo‘yicha tushuntirish berishidan keyin ham uchrab turibdi-ki, biz shunday tushunmovchilik va savollar yuzaisdan hokimlik matbuot xizmati rahbari Gulnoza Qosimovaga mikrafon tutdik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 10

Barchasi

Mavzuga oid

Bozordagi tijoriy video pulli: Toshkent hokimi qaroridan nimalar ko‘zlangan? | Vaqt.uz