add

Britaniyada millionlab musulmonlar fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin

Kecha 13:557772 daqiqa

Britaniyada qabul qilingan qonunlar sabab 9 mln nafar aholi, ayniqsa musulmonlar, Ichki ishlar vazirining qarori bilan fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin.

Britaniyada millionlab musulmonlar fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin

Britaniyada e’lon qilingan yangi hisobot fuqarolikdan mahrum etish vakolatlarining kengaytirilishi millionlab musulmonlar uchun tizimli xavfga aylanganini ko‘rsatdi. «Runnymede Trust» jamg‘armasi va «Reprieve» huquqni himoya qilish tashkiloti tayyorlagan hisobotga ko‘ra, mamlakatda taxminan 9 mln kishi ichki ishlar vazirining ixtiyoriga ko‘ra fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin bo‘lgan huquqiy holatda turibdi.

Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniya aholisining qariyb 13 foizini tashkil etadi. Hisobot mualliflari ushbu vakolatlar ayniqsa musulmonlar ko‘p yashaydigan jamoalarga nisbatan nomutanosib qo‘llanilayotganini ta’kidlamoqda. Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika kelib chiqishiga ega aholi guruhlari eng ko‘p xavf ostida ekani qayd etilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar shaxs boshqa davlat fuqaroligini olish imkoniyatiga ega deb hisoblansa, u bilan o‘sha davlat o‘rtasida real aloqa bo‘lmasa ham Britaniya fuqaroligi bekor qilinishi mumkin. Shu sababli Pokiston, Bangladesh, Somali, Nigeriya, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq bilan bog‘liq shaxslar eng xatarli guruh sifatida ko‘rsatilgan.

Hisobotga ko‘ra, oq tanli bo‘lmagan har 5 kishidan 3 nafari fuqarolikdan mahrum etilish xavfi ostida, bu ko‘rsatkich oq tanli britaniyaliklar orasida esa atigi 20 kishidan 1 nafarni tashkil qiladi. Mualliflar bu holatni «irqlashtirilgan fuqarolik iyerarxiyasi» deb atagan.

So‘nggi 20 yil ichida terrorizmga qarshi qonunlar doirasida fuqarolikdan mahrum etish istisno chorasidan deyarli oddiy amaliyotga aylangan. 2010 yildan buyon 200 dan ortiq kishi «jamoat manfaati» bahonasi bilan fuqarolikdan chiqarilgan bo‘lib, ularning aksariyati musulmonlar ekani qayd etilgan.

2022 yilda qabul qilingan Fuqarolik va chegaralar to‘g‘risidagi qonun esa shaxsni xabardor qilmasdan turib fuqarolikni bekor qilish imkonini berdi. Bu yilgi qo‘shimcha o‘zgarishlar esa sud noqonuniy deb topgan qarorlarni ham hukumat apellyatsiyasi yakunlanmaguncha bekor qilishga yo‘l qo‘ymayapti.

Teglar

Mavzuga oid