Chexiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Kecha 20:151 daqiqa
Andrey Babish tashrifi aprel oyi oxiriga rejalashtirilgan.

Chexiya bosh vaziri Andrey Babish 26–30-aprel kunlari Ozarboyjon, Qozog‘iston hamda O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif davomida unga Chexiya sanoat va savdo vaziri Karel Havlichek hamda chex tadbirkorlaridan iborat delegatsiya hamrohlik qiladi.
Dasturga ko‘ra, delegatsiya Boku, Ostona va Toshkent shaharlarida qator uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, tashrif doirasida biznes forumlar, sohaviy seminarlar va tarmoq tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Praga rasmiylariga ko‘ra, ushbu uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat.





