Dam olish kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
23-24-may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo beqaror saqlanadi. Joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin.
© vaqt.uzO‘zgidromet dam olish kunlari O‘zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida vaqti‑vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda u kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda esa asosan yomg‘ir kuzatilmaydi. Buxoro va Navoiyda esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
Shamol sekundiga 7–12 metr tezlikda, ba’zi vaqtlarda 13–18 metrgacha kuchayadi. Shimolda va cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati 22–24-may kunlari kechasi +13...+18 daraja, kunduzi esa +22...+27 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida 22-may kuni kunda vaqti‑vaqti bilan yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat +22...+24 daraja bo‘ladi.
Ertaga, 23-may kuni asosan quruq ob‑havo saqlanadi, faqat kechga yaqin qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor. Kunduzi harorat +25...+27 daraja atrofida bo‘ladi.
24-may kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat kunduzi +22…+24 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +15…+18 daraja bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3−8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10−12 metrgacha kuchayadi.





