Dam olish kunlari havo harorati +25 darajagacha isiydi

Bugun 11:451 daqiqa

Ayrim hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari havo harorati +25 darajagacha isiydi

11–12-aprel kunlari O‘zbekistonning hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand va Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysi hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatilishi ehtimoli saqlanib qoladi. Bu yog‘ingarchiliklar asosan momaqaldiroq bilan birga kechishi mumkin.

Harorat rejimi ushbu kunlarda mavsumga mos holda saqlanadi. Kechalari havo harorati +8...+13 daraja atrofida bo‘lishi, kunduzi esa +20...+25 darajagacha isishi kutilmoqda.

Tog‘a oldi va tog‘li hududlarda esa ob-havo biroz beqarorroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelish xavfi ham mavjud.

Poytaxt Toshkent shahrida esa dam olish kunlari davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari +11...+13 daraja, kunduzi esa +23...+25 daraja atrofida bo‘lib, qulay ob-havo sharoiti saqlanadi.

Teglar

Mavzuga oid