Dam olish kunlari havo harorati +41 darajagacha ko‘tariladi

Bugun 11:552 daqiqa

O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir, kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Dam olish kunlari havo harorati +41 darajagacha ko‘tariladi © vaqt.uz

O‘zgidromet 16-17-mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati +30...+35 daraja atrofida, janubida va cho‘l hududlarda +37...+39 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati asosan kechalari +17...+22 daraja, kunduz kunlari +32...+37 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +39...+41 darajagacha bo‘ladi.

15-16-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 20-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 15-17-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda shahrida 15-16-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-mayda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +32...+34 daraja bo‘ladi. 17-may – yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +34...+36 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 16-mayda 10-12 metrgacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid