Dam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda
Dam olish kunlari respublika hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilib, ayrim joylarda momaqaldiroq va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.
© Javhar ChorshanbiyevaO‘zbekistonda hafta oxirida ob-havo o‘zgarib, ko‘plab hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.
4-aprel, shanba kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysi va janubiy tog‘oldi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatilishi mumkin. Qolgan hududlarda esa asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Yakshanba kuni respublika bo‘ylab yana ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi prognoz qilinmoqda.
Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi borligini ma’lum qildi. Shuningdek, tog‘li joylarda qor ko‘chishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.
Toshkent shahrida juma kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat +22…+24 daraja bo‘ladi. Shanba kuni esa vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, shamol sekundiga 10–12 metrgacha kuchayadi. Yakshanba kuni ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi esa havo ochilib, harorat +22…+24 darajagacha ko‘tariladi.





