add

Diniy rahbarga o‘lim tilanmoqda: Eronda ommaviy namoyishlar va to‘qnashuvlar boshlandi

Kecha 12:001 daqiqa

Bir qator yirik shaharlarda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, oliy rahbariyatga qarshi keskin shiorlar bilan yurish qildi.

Diniy rahbarga o‘lim tilanmoqda: Eronda ommaviy namoyishlar va to‘qnashuvlar boshlandi

Eronda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib, mamlakatning bir qator yirik shaharlarini qamrab oldi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, namoyishlar avvalo poytaxt Tehronda, shuningdek, Sheroz, Kirmonshoh, Mashhad va boshqa shaharlar kuzatilgan. Aksariyat hollarda ishtirokchilar markaziy ko‘chalarga chiqib, transport harakatini to‘sib qo‘ygan.

Namoyishchilar mamlakatning oliy rahbariyatiga qarshi, jumladan, oliy rahbar Ali Xomaneiy nomi tilga olingan keskin shiorlarni aytishgan. Ayrim shaharlarda bu chiqishlar xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarga aylangani aytilmoqda.

Tartibsizliklar fonida Tasnim axborot agentliggi Ilom viloyatida ma’muriy binolar va politsiya ob’ektlariga nisbatan bir qator hujumlar sodir etilganini ma’lum qildi. Agentlik xabariga ko‘ra, hujumlarni niqob taqqan shaxslar amalga oshirgan.

Ayrim epizodlarda qo‘lga olingan namoyish ishtirokchilaridan xorijda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar topilgan va ular Isroil bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

Rasmiylar hozircha jabrlanganlar yoki qo‘lga olinganlar soni bo‘yicha aniq raqamlarni e’lon qilgani yo‘q. Mahalliy kuzatuvchilarga ko‘ra, Eronning qator hududlarida vaziyat hali ham keskinligicha qolmoqda va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Teglar

Mavzuga oid