Eldor Shomurodov «Istanbul Boshoqshahir»ga to‘liq transfer qilindi
Transfer summasi 2,8 mln yevroni tashkil etdi.
© Foto: stadion.uzO‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning «Roma» klubini rasman tark etdi. Bu haqda «Transfermarkt» ma’lum qildi.
Rim klubi faoliyatini Turkiyaning «Istanbul Boshoqshahir» jamoasida davom ettiradigan futbolchining ketganini tasdiqladi. Avvalroq hujumchi Turkiya jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan edi, biroq kelishuv shartlariga ko‘ra, klub Superligadagi o‘rnini kafolatli saqlab qolganidan so‘ng futbolchini sotib olishi shart edi.
Transfer summasi 2,8 mln yevroni tashkil etdi, shu bilan birga «Roma» ijara uchun avvalroq 3 mln yevro olgan edi. Shuningdek, «bo‘rilar» futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz ulushni o‘zlarida saqlab qolishdi.
Joriy mavsumda Shomurodov yuqori natijadorlik ko‘rsatmoqda: Turkiya chempionatining 30 ta o‘yinida u 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.





