add

Elektr narxi endi «soatga qarab o‘ynaydi»: tig‘iz paytda qimmat, tunda arzon!

20.11.2025 | 15:4515281 Daqiqa

Elektr energiyasida «tig‘iz», «yarim tig‘iz» va «tungi» tariflar joriy etildi.

Elektr narxi endi «soatga qarab o‘ynaydi»: tig‘iz paytda qimmat, tunda arzon!

O‘zbekistonda I-tarif guruhiga kiruvchi iste’molchilar uchun elektr energiyasi narxi kunning turli vaqt oralig‘iga qarab uch xil stavkada qo‘llanishi belgilandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, elektr energiyasidan qaysi vaqt oralig‘ida foydalanilganiga qarab narx o‘zgaradi.

Bunda:

Yarim tig‘iz davr — sutkaning yorug‘ vaqti (soat 9-00 dan 17-00 gacha belgilangan oddiy tarif bo‘yicha);

Tig‘iz davr — ertalabki va kechki maksimum (yagona elektr energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlari soat 6-00 dan 9-00 gacha va soat 17-00 dan 22-00 gacha belgilangan tarifdan 1,5 baravar yuqori);

Tungi davr — sutkaning qorong‘i davri (yagona elektr energetika tizimining minimal yuklamalar soatlari soat 22-00 dan 24-00 gacha va soat 00-00 dan 06-00 gacha belgilangan tarifdan 1,5 baravar arzon).

Ma’lumot uchun: I tarif guruhiga asosiy va zaxira elektr ta’minoti uchun ulangan quvvati yig‘indisi 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar kiradi.

budjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno.

Teglar

Mavzuga oid

Elektr narxi endi «soatga qarab o‘ynaydi»: tig‘iz paytda qimmat, tunda arzon! | Vaqt.uz